— Nafsilamrini aytganda, janoblar, — birdan gapga aralashdi prokuror, — bu yigitning gapida jon bor. Masala biz o‘ylagandan ko‘ra jiddiyroq. Bu voqealarning hammasiga Shtirner aybdorligiga hech kim shubha qilmaydi. Biz odatdan tashqari jinoyatchiga ro‘baro‘ kelib turibmiz, deganida Krans tamomyla qaq. Shunday ekan, unga nisbatan ham odatdan tashqari jazo choralari qo‘llanishi kerak. Buni davlat va xalq manfaati taqozo etadi. Agar u bilan adi-badi aytishib o‘tiradigan bo‘lsak, sud paytida u meni aybnoma o‘qish o‘rniga o‘zi bilan o‘pishib, sigarega uzatishga majbur qilmaydi, deb kafillyk berolmayman. Mamlakat taqdiri hal bo‘layotgan bir paytda, — hozir xuddi shunday bo‘lyapti, — tavakkalchilik qilish jinoyat bilan teng ish bo‘ladi, xudo ko‘rsatmasin, rasmiyatchilik qilaman, deb uni qo‘ldan chiqarib yuborishimiz ham mumkin. Undan tashqari, hm… bu yerda begona odam yo‘q… Shtirner qochishga uringani uchun am otib tashlanishi mumkin-ku! Bu usulni har qancha qoralashmasin, aslida zarracha qingir joyi yo‘q, chunki jazodan qutulib qolish chun qaysi jinoyatchi qochishga urinib ko‘rmaydi? Xullas, shun" t qilsak, bir o‘q bilan butun falokatdan xalos bo‘lamiz.

Juda to‘gri! — dedi politsiya boshlig‘i. — Kimki jamiyat va 1T qonunlarini buzar ekan, unday odam qonun himoyasidan chetDa qoladi.

— Otishga ustamisiz, Gotlib? — so‘radi Krans.

— To‘pponchadagi hamma o‘qni bir nuqtaga uraman.

— Nimayam derdik, omadingizni bersin! — dedi politsiya boshlig‘i.

Hujum etish plani ertalabg‘a qadar muhokama qilindi. Faqat to‘rtta odam jo‘natishga kelishildi: Rudolf Gotlib, Krans va politsiyaning ikkita ishonchli agenti. Ikki agent har ehtimolga qarshi olinadigan bo‘ldi.

— Odam qancha oz bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘ladi, — dedi Krans.

Ertalab soat to‘qqizda puxta qurollangan va tegishli yo‘lyo‘riqni olgan otryad jam bo‘ldi.

— Oq yo‘l! — deb fotiha berdi ularga politsiya boshlig‘i.

Otryad bankka hech qanday qiyinchiliksiz kirib, ikkinchi qavatga ko‘tarildi va Rudolf rahnamoligida kabinetga qarab yo‘l oldi. Koridorda duch kelgan xizmatkorlarga bosiq po‘pisa bilan turgan joyidan qimirlamaslikni buyurishdi.

Kabinet bo‘m-bo‘sh edi. Agentlardan biri kiraverishdagi eshik oldida, ikkinchisi Shtirner xonasiga tutash kabinet eshigi oldida to‘xtashdi, Rudolf esa Krans hamrohligida Shtirnerning sirli xonasi eshigini qiya ochib, ichkariga ko‘z tashladi. Xonada deyarli mebel yo‘q edi. Bor-yo‘q jihoz — yonida tumbochka turgan karavot, bitta shkaf bilan kichkina stol. Xonaning yarmi nima uchundir qalin taxta bilan to‘silgan edi. Shtirner ro‘parasiga oyna o‘rnatilgan boyagi stol ortida o‘tirib, soqol olardi. Bu manzarani kuzatish uchun atigi ikki-uch daqiqagina vaqt ketdi. Eshikning giychillaganini eshitgan Shtirner burilib qarashga ulgurmasidan ikkita bahaybat it Rudolfga tashlandi, u hatto to‘pponchasini sug‘urishga ham ulgurolmadi. Ayni paytda eshikka orqa o‘girib o‘tirgan Shtirner oynada Rudolfning aksini ko‘rdi-yu, stuldan sakrab turib, o‘zini taxta to‘siq tomonga otdi va eshikni ochib ichkariga kirib ketdi. Rudolf bilan Krans itlarning ta’qibidan arang qutulib, — shovqin ko‘tarmaslik uchun Shtirnerdan boshqasiga o‘q uzmaslik haqida ular ko‘rsatma olishgan edi, — to‘siqqa o‘rnatilgan eshikni taqillata ketishdi.

— Oching, Shtirner! — qichqirardi Gotlib. — Oching, nega qo‘rqasiz?

Eshik orqasiga shunday shiddat bilan ochildiki/unga qapishib turgan Rudolf munkib ketdi.

— Sekinroq, yiqilib ketmang! — dedi xotirjamlik bilan Shtirner. — Yet, Falk! Yet, Bich!

Itlar itoatkorlik bilan cho‘zilib, oldingi oyoqlari ustiga boshlarini qo‘yib olishdi, ammo ikki notanish odamdan ko‘z uzishmasdi.

— Xizmatingizga tayyorman, janob Rudolf Gotlib! — dedi Shtirner yana haligi stol ortiga o‘tirarkan.

Rudolf Gotlib stol ustiga to‘pponchasini qo‘edi-da, cho‘tkani olib, Shtirnerning yuziga sovun ko‘pigi surta ketdi.

Keyin ustara bilan uning soqolini ola boshladi.

Shtirner boshini orqaga tashlab o‘tirar, Rudolf esa hafsala bilan uning tomoqlarini qirardi.

— Sal og‘rityapti, Gotlib… Ustarani bir qayrab oling!

Rudolf ustarani qayishga ikki-uch surtib olib, yana ishga kirishib ketdi.

Krans esa bularning oldida xuddi soqchiday turardi.

— Rahmat sizga, Gotlib. Judayam usta ekansiz. Dunaringizdan boshqalar ham bahramand bo‘lishi kerak. Sartaroshxona oching. Siz-chi? — Shtirner Kransga murojaat qildi.

— Krans! Iogann Krans! Xizmatingizga tayyorman! — u shunday dedi-yu, to‘pponchasini tashlab, cho‘tka bilan Shtirnerning ko‘ylagini cho‘tkalay ketdi.

— Minnatdorman, mana, xizmat haqlaringiz! — Shtirner ularga bittadan chaqa berdi.

Ular qayta qayta ta’zim qilib, tashqariga qarab yurishdi.

Uydan chiqqanlaridan keyin ikkisi ikki tomonga qarab ketdi.

Agentlar esa g‘oyib bo‘lishgan edi.

Krans to‘ppa-to‘g‘ri turmaga kelib, o‘zini bir kishilik kameraga qamab qo‘yishlarini talab qila boshladi, Turma boshlig‘i hazilga olgan edi, Kransning jon-poni chiqib ketdi.

Перейти на страницу:

Похожие книги