Poytaxt qo‘ldan ketgan edi. Endi mamlakatni saqlab qolish muammosi turardi. Ammo bunga hech kimning ko‘zi yetmasdi. Komitet a’zolari bir-birlarini qidirib topgach, qo‘shni qishloqda harbiy kengash chaqirildi. «Temir general» mag‘lubiyatdan tamom esankirab qrlgan, ruhi butunlay tushib ketgan edi.

— Shaytonga hech qanaqa nayza bas kelolmaydi, — dedi u boshini xam qilib.

Shtirner g‘olib chiqdi. Endi u butun mamlakatga istaganicha xo‘jayinlik qilishi mumkin edi.

<p>IX. «DO‘STONA YERDAM»</p>

Chet davlatlar nemis hukumatining Shtirnerga qarshi kurashi nima bilan tugashini qiziqib kuzatib turishardi. Fransuz va ingliz bankirlari radio va telegraf orqali o‘zlarining xalqaro bozordagi raqobatchilari bo‘lmish yirik nemis bankirlarining halokatini eshitib, boshlari osmonga yetdi.

— Qoyil! Qoyil, Shtirner! — deyishardi chet el bankirlari va shosha-pisha bo‘lajak daromadni cho‘tga tashlashardi.

Ular Shtirnerni haddan tashqari omadi yurishgan odam deb hisoblashardi-yu, lekin u ham bir kunmas-bir kun xuddi Stinnes konserniga o‘xshab xonavayron bo‘ladi, deb o‘ylashardi. Ammo Shtirnerning qudrati hamma taxmin va umidlarni chilparchin qilib, kun sayin kuchayib borardi. Kapitalizm tarixi moliya olamining bu Napoleonnikiday martabasi tez ko‘tarilgan shaxsni bilmasdi. Uning tepasida «Austerlits oftobi» tobora yorqinroq charaqlar, boshiga «Vaterloo» qismati tushishidan darak beruvchi biron-bir alomat sezilmasdi.

Shtirner muvaffaqiyatlarining sababi boshqa narsada, uning qo‘lida odamlarni irodasiz qilib, oddiy bir qo‘girchoqqa aylantirib qo‘yadigan sirli qurol bor, degan mishmishlar keyingi paytlarda tez-tez eshitiladigan bo‘lib qoldi.

Qachonki, Shtirner hukumatga qarshi kurash yo‘liga o‘tgach, faqat chet el bankirlarigina emas, balki davlat arboblari ham bezovtalanib qolishdi.

«Temir general» ning mag‘lubiyati va hukumatning poytaxtni tashlab qochishi butun diplomatiya olamida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Bir kishi hammaga qarshi! Bir o‘zi davlatga qarshi! Tag‘in armiyasiz, to‘plarsiz, birorta ham o‘q uzmay g‘olib chiqsa-ya!..

Ortiq qo‘l qovushtirib o‘tirish mumkin emas edi. Chet davlatlar endi bu zo‘ravonga o‘z munosabatlarini bildirib qo‘yishlari kerak edi.

Fransiyada Shtirner tufayli ichki siyosat ham va hatto mustamlakachilik urushlari masalasi ham vaqtincha chetga surildi. Germaniyadagi voqealarga bag‘ishlanib, ministrlar soveti va deputatlar palatasining maxsus yopiq kengashlari chaqirildi. Bu yig‘ilishlar juda qizg‘in va munozarali o‘tdi.

Nihoyat, arzimagan miqdordagi ko‘pchilik ovoz bilan shunday qarorga kelindi: Germaniyaga yordam taklif qilish orqali Shtirnerga qarshi kurashda qatnashish zarur deb topilsin. Faqat Angliya tomonidan bo‘ladigan xavf bartaraf etilgan taqdirdagina aktiv harakatga o‘tilsin.

Angliya Shtirnerga qarshi kurashning borishini diqqat bilan kuzatib turgan bo‘lsa ham Yevropadagi voqealarga nisbatan xotirjam qarardi. Tez orada Angliyaning ministrlar kabineti bu masalada bir qarorga keldi.

— Germaniya Yevropa urushida ancha holdan toydi, agar u yana halokatga uchraydigan bo‘lsa, Yevropadagi mutanosiblik buziladi.

Shtirner, kabinetning fikricha, hozirgi vaqtda boshqa mamlakatlarga bevosita xavf solayotgani yo‘q, ehtimol, uning bunday niyati ham yo‘kdir. Agar Fransiyaning fikri boshqacha bo‘lsa, bu o‘zining ishi. Lekin Fransiyaning Germaniya ichki ishlariga bir tomonlama aralashuviga, garchi nemislar bunga rozi bo‘lgan taqdirda ham aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Shtirner zo‘ravonlik qilayotganiga qaramay, har holda ishbilarmon odamga o‘xShaydi. Uning bundan keyingi harakatlarini kuzatib turish kerak. Xulosa shuki, Fransiyaga yurish boshlashni to‘xtatib turishni taklif qilish lozim. Agar Shtirner boshqa mamlakatlarning ishiga aralasha boshlasa yoxud ularning manfaatiga daxl qilguday bo‘lsa, Fransiya bilan birgalikda harakat qilish kerak.

Fransiyaga aytilgan bu javob millat sha’ni uchun kurashuvchi militaristlarni qattiq gazablantirdi.

— Qachongacha, Angliyaning chizgan chizigidan chiqmasligimiz kerak? — deyishdi ular. — Loaqal Fransiya siyosatining mustaqilligini ko‘rsatib qo‘yish uchun ham darhol yurish boshlash kerak, — ularning talabi ana shunday edi.

Ammo darhol yurish boshlash taklifi diplomatik kaialda ba’zi bir to‘sqinliklarga uchradi. Fransiyaning «samimiy yordami» ancha qimmatga tushishidan xavotirlangan Germaniya hukumati uzatilgan yordam qo‘lini tutishga uncha shoshilmadi.

Bundan tashqari, nemis hukumati Shtirnerni o‘z kuchlari bian yakson qilish umididan hali voz kechmagan edi.

Shtirnerga qarshi jang muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lishiga qaramay, harbiylar va ministrlar orasida «temir general» ning obro‘si hali baland edi, u esa chet davlatlarning aralashuvini jinidan ham yomon ko‘rardi.

Перейти на страницу:

Похожие книги