— U aytyaptiki, dunyoda hamma o‘larmish.

— Nega ekanligini aytdimi?

— Bilmaydi. Uning aytishicha, qachonlardir muhim ish bilan shug‘ullangan ekan, lekin men tushunmadim.

— Ishi haqida so‘zlardimi?

— Umuman olganda, u… Hech Nimani tadqiq qilgan ekan. Biroq, Rezident, qanday qilib Hech Nimani biror narsa qilish mumkin?

Terens o‘rnidan turdi-da, jilmaydi.

— Valona, nahotki sen Koinotning deyarli hech narsadan tashkil topganini bilmasang?

Valona bu gapga ham tushunmadi, lekin indamadi. Uning nazarida, Rezident olim odam edi. Rik, o‘zining Riki, Rezidentdan ham katta olim ekani g‘urur bag‘ishladi.

— Ketdik, — dedi Terens unga qo‘lini uzatib. — Rikning oldiga boramiz.

* * *

Valonaning kulbasi qorong‘u bo‘lgani uchun ular paypaslab ichkari kirdilar.

Terens cho‘ntakchiroqning xira yog‘dusida xonaning bir burchagi parda bilan to‘sib qo‘yilganiga e’tibor qildi.

Bu pardani Valonaga uning o‘zi topib bergandi, chunki Rik bu paytga kelib chaqalokdan ko‘ra ko‘proq katta odamga o‘xshab qolgandi.

Parda orqasida kimdir bir tekis nafas olardi.

— Valona, uni uyg‘ot!

Qiz Rikka murojaat qildi.

— Rik! Rik! Bolajon!

U yerdan bo‘g‘iq tovush eshitildi.

— Men Lonaman, — dedi darhol u. Ular parda ortiga o‘tishdi va Terens cho‘ntakchiroq bilan o‘zini, Valonani, keyin Rikni yoritdi.

Rik qo‘li bilan ko‘zini to‘sdi.

— Nima bo‘ldi?

Terens karavot chetiga o‘tirdi.

— Rik, — dedi u, — Valonaning aytishicha, — u-bu narsalar yodingga tushayotganmish.

— Ha, Rezident, — Rik Rezident bilan suhbatlashayotganida yuvvoshgina bo‘lib qolardi, chunki shu paytgacha undan ko‘ra ulug‘roq odamni uchratmagandi, Rezident bilan hattoki fabrika boshqaruvchisi ham xushmuomala edi. Rix Terensga kun bo‘yi yodiga tushgan narsalarni so‘zlab berdi.

— Yana nimalarni eslading?

— Boshqa hech narsani, Rezident.

Terens o‘ylanib qoldi,

— Mayli, Rik, uxlayver.

Valona uni kuzatib chiqsi, U qizning yuzlari titrayotganini va kaftining orqasi bilan ko‘zlarini artib olganini ko‘rdi.

— U endi ketadimi, Rezident?

Terens uning qo‘lini ushlab, jiddiy so‘z qotdi:

— Valona, sen yosh bola emassan. U men bilan ma’lum bir muddatga ketadi, keyin yana qaytib keladi.

— Keyin-chi?

— Bilmadim. Sen uni tushunishing kerak. Hozir bizga hammasidan ham Rikning iloji boricha ko‘proq narsalarni eslagani zarurroq.

— Nahotki, Rikning gapi — Florinadagi barcha kishilarning halok bo‘lishi to‘g‘ri bo‘lsa?

Terens uning qo‘lini qattiqroq siqdi.

— Bu haqda hech kimga gapirma, Valona. Uni nazoratchilar butunlay olib ketishlari mumkin.

Terens asta burilib, o‘z uyi tomon keta boshladi. U hatgo qo‘llari titrayotganini ham sezmadi. Uyda ancha vaqggacha uxlolmay — yotdi va, nihoyat, maxsus nasha moslamasini ishlatishga majbur bo‘ldi, Bu qurilma, u Florinaga Rezident etib tayinlanganida Sarqsan olib kelgan asboblarining biri edi. Asbob, xuddi yupqa jun qalpoqdek boshga kiyilardi. Terens vaqgni soat 5 ga to‘g‘riladi-da, kontaktni uladi.

U o‘rnida bemalolroq o‘rnashib yotishga ulgurishi bilanoq, asta-sekin ta’sir qiluvchi kuchlar miya markazlarini tutashtirib, uni darhol chuqur uyquga cho‘mdirdi.

<p>KUTUBXONACHI</p>

Ular diamagnit rollordan shahar chekkasidagi to‘xtash joyida tushishdi. Terens to‘xtash joyi eshigini yopib, elektron qulfni barmog‘i bilan muhrlaguncha, Rik kutib turdi. Yangi kombinezonda Rik o‘zini noqulay sezardi. U Yuqori Shaharni ushlab turuvchi ko‘priksimon qurilma tagiga yo‘nalgan Rezidentga istamaygina ergashdi. Shahar ikki qismdan iborat edi: uni maydoni 50 kvadrat milga teng bo‘lgan, 20 ming panjarasimon po‘lat ustun suyab turuvchi temirqotishma qatlami ajratib turardi. Pastda, ya’ni soyada, mahalliy xalq yashardi. Yuqori esa, quyosh nurlaridan bahra olib Skvayrlar[1]turmush kechirardilar. Yuqori Shaharda yurgan kishi o‘zining Florinada ekanligini batamom unutardi. Bu yerdagi aholi oz sonli nazoratchilarni hisobga olganda ham, faqat sarkliklardan iborat edi. Ular tom ma’nodagi oliy tabaqa kishilar edilar.

Terens yo‘lni yaxshi bilardi. U o‘zining rezidentlik kiyimiga ham havas, ham hasad bilan boqayotgan yo‘lovchilardan chetlashib tez-tez yurardi. Osmonda quyosh charaqlar, uning nurlari temirqotishma qdtlami bo‘ylab darchalardan taqsimlangandek bir tekisda tushar ekan, atrofdagi qorong‘ulikni yanada bo‘rttirib ko‘rsatardi.

Oftob tushuvchi joylarga qariyalar o‘zlarining siljuvchi kursilarini qo‘yib o‘tirishar, issiqlikdan bahra olib, nur bilan birga harakatlanishardi. Ba’zan ular mudrab qolib soya tushganini payqashmas, faqat bexosdan qimirlab ketganlarida kursi g‘ildiraklarining g‘ijirlashidan uyg‘onishardi. Boshqa bo‘sh, oftobli joylarga esa yosh bolali onalar o‘z aravachalarini qo‘yib olishgandi.

— Endi, Rik, bardam bo‘l, — dedi Terens. — Biz hozir ko‘tarilamiz.

Ular to‘rt ustun oralig‘iga joylashgan, yerdan to Yuqori Shaharga yetadigan balandlikdagi qurilma qarshisida go‘xtashdi. Bu lift edi.

Перейти на страницу:

Похожие книги