— Bisotimda qolgan shu bittayu bitta narsani ham tortib olmoqchimisiz?

— Men, ber, deganim yo‘q, — javob qiddi Pilat, — ko‘rsat, dedim xolos.

Leviy qo‘yniga qo‘l tiqib, bir o‘ram pergament chiqardi. Pilat uni olib, xontaxta ustiga, shamlar oralig‘iga yozdi-da, ko‘zlarini qisgancha siyoh bilan pihoyatda g‘aliz yozilgan belgilarni o‘rgana boshladi. Bu aji-buji yozilgan satrlarning ma’nisiga tushunish amri mahol edi, shunga ko‘ra Pilat aftini burishtirib, pergament ustiga engashib olib, barmog‘ini s: atrlar ustida yurg‘izardi. Har nechuk u pergamentdagi yozuv bir-biriga bog‘lanmagan allaqanday hikmatli so‘zlar, qandaydir ro‘zg‘orga daxddor gaplar, sanalaru she’r parchalaridan iborat ekanligini aniqladi. Pilat ba’zi so‘zlarni hijjalab o‘qidi ham: «O‘lim yo‘q… Kecha biz bahorgi shirin bakkurotdan yedik…».

O‘qishga qiynalganidan Pilatning afti burishib ketgan edi, u ko‘zlarini qisib pergamentni zo‘rg‘a hijjalab o‘qirdi: «Biz obihayot oquvchi musaffo daryoni ko‘rgaymiz… Bashariyat quyoshni shaffof kristall orqali kuzatadi…».

Shu payt Pilat birdan cho‘chib tushdi. U pergamentning oxirgi misralarida shunday so‘zlarni o‘qiy oldi: «… eng ulkan illat… qo‘rqoqlik».

Pilat pergamentni karnay qilib o‘rab, tezkorlik bilan uni Leviyga uzatdi.

— Ol, — dedi u va picha sukutdan so‘ng qo‘shimcha qildi: — Sen kitob shaydosi ko‘rinasan, nima qilasan so‘qqabosh holda, och-yalang‘och, boshpanasiz sang‘ib yurib. Qaysariyada katta kutubxonam bor, men juda badavlat odamman, seni o‘z xizmatimga olmoqchiman. Sen uyimda qadimgi qo‘lyozmalarni saralab, avaylab, saqlaysan. Qorning ham to‘q, egning ham but bo‘ladi.

Leviy o‘rnidan turib javob berdi:

— Yo‘q, xohlamayman.

— Nega? — deb so‘radi g‘azabdan yuzi qoraya boshlagan prokurator, — men manfur ko‘rinyapmanmi senga, qo‘rqasan?

Leviyning yuzi boyagiday yoqimsiz kulgidan o‘zgardi va u dedi:

— Yo‘q, aksincha, sen mendan qo‘rqa boshlaysan. Mening yuzimga tik boqish sen uchun oson bo‘lmaydi, uni qatl ettirganingdan keyin.

— Jim bo‘l, — dedi Pilat, — yaxshisi, pul ol. Leviy rad ma’nosida bosh chayqadi, prokurator gapini davom ettirdi.

— Bilaman, sen o‘zingni Ieshuaning shogirdi deb hisoblaysan, ammo senga aytsam, u bergan saboqlardan birontasini ham uqib olmabsan. Zero, uqqaningda, mendan biron tuhfa olarding, albatta. Yaxshilab eshitib ol: u o‘limi oldidan, hech kimni ayblamayman, deb aytipti, — Pilat barmog‘ini ma’noli ko‘tardi, yuzi ucha boshladi. — Tirik bo‘lganida u ham albatta biron nima olardi. Sen toshbag‘irsan, lekin u toshbag‘ir emas edi. Endi qayoqqa borasan?

Leviy birdan xontaxtaga yaqin kelib, ikkala qo‘lini unga tiradi-da, o‘t chaqnayotgan ko‘zlarini prokuratorga tikib, pichirlab dedi:

— Bilib qo‘y, igemon, Yershalaimda men bir odamni so‘yaman. Senga shuni aytib qo‘ymoqchimanki, hali yana qon to‘kiladi, bilib qo‘y.

— Men ham bilaman yana qon to‘kilishini, — deb javob qildi Pilat, — bu gaping bilan meni aslo ajablantirmading. Sen meni bo‘g‘izlamoqchi bo‘lsang kerak, albatta?

— Seni bo‘g‘izlashga qurbim yetmaydi, — deb javob qildi Leviy tishlarini ko‘rsatib tirjayarkan, — men u darajada ahmoq emasman, illo anavi kiriaflik Ieshuani so‘ymay qo‘ymayman, qolgan umrimni shu ishga tikdim.

Shunda prokuratorning ko‘zlarida mamnuniyat aks etdi va u Leviy Matveyni barmog‘i bilan o‘zi tomon imlab, shunday dedi:

— Sen bu ishni qila olmaysan, urinib ovora bo‘lma. Iudani bugun tunda so‘yib ketib bo‘lishgan.

Leviy birdan orqaga tisarildi, atrofga vahshiyona ko‘z tashlab, chinqirdi:

— Kim qildi buni?

— G‘ayirlik qilma, — dedi Pilat tishining oqini ko‘rsatib va qo‘llarini bir-biriga ishqab, — Ieshuaning sendan boshqa ham «muxlis» lari bor ko‘rinadi.

— Kim qildi buni? — deb takrorladi Leviy pichirlab.

Pilat unga javob qildi:

— Men qildim.

Leviyning og‘zi lang ochilib, prokuratorga serrayib tikilib qoldi, prokurator esa:

— Gunohni yuvish uchun buning o‘zi ozlik qiladi, nlbatta, lekin harholda shu ishni men qildim, — dedi u va qo‘shib qo‘ydi: — Xo‘sh, endi biron nima olarsan?

Leviy o‘ylanib qoldi, ko‘ngli ancha yumshadi va iihoyat dedi:

— Buyur, menga bir bo‘lak toza pergament berishsin.

Oradan bir soat o‘tdi. Endi Leviy qasrda yo‘q edi. Endi tonggi sukunatni bog‘da yurgan soqchilarning ohista odim tashlashlarigina buzardi. Oyning rangi tez o‘cha boshladi, osmonning ikkinchi chekkasida — ufqda tong yulduzi oqish dog‘ bo‘lib ko‘rinardi. Shamchiroqlar allaqachon o‘chgan. Prokurator chorpoyada otardi. U kaftini yonog‘i ostiga qo‘yib, jimgina uxlar, Banga ham uning yonida pinakka ketgan edi.

Nison oyining o‘n beshinchi tongini shunday qarshi olgan edi Iudeyaning beshinchi prokuratori Pontiy Pilat.

<p>Yigirma yettinchi bob</p><p>50-KVARTIRANING TUGATILISHI</p>

Margarita «… nison oyining o‘n beshinchi tongini shunday qarshi olgan edi Iudeyaning beshinchi prokuratori Pontiy Pilat» degan jumla bilan yakunlanuvchi bobning nihoyasiga yetganida tong otgan edi.

Chumchuqlar galasi hovlidagi oqtol va jo‘ka shoxlariga qo‘nib olib, sho‘x va hayajonli suhbat boshlagan edi.

Перейти на страницу:

Похожие книги