Bu payt kvartirada, odamlar oyog‘i ostida parket pol «lop» etib o‘t oldi va boya mushuk qalbaki jarohat bilan mug‘ambirlik qilib yotgan joyda sobiq baron Maygelning iyagi tikkaygan, nigohi so‘lgan jasadi kelganlar ko‘zi oldida asta-sekin namoyon bo‘ldi. Endi jasadni olovdan qutqarishning iloji yo‘q edi. Bu yerdagi odamlar tutay boshlagan kiyimlariga «tap-tap» urib, yonayotgan parket kataklaridan hatlab, narigi xonaga va undan dahlizga chekinardilar. Yemakxonadagilar ham dahlizga otilib chiqa boshladilar. Mehmonxona butunlay o‘t va tutun og‘ushida qolgan edi. Kimdir yo‘l-yo‘lakay o‘t o‘chiruvchi qismiga telefon qilishga va qisqagina qilib qichqirishga ulgurdi:

— Sadovaya, uch yuz ikkinchi-bis!

Ortiq gaplashishga imkon qolmagan edi, chunki alanga dahlizga ham otilib chiqqan, nafas olish mushkullashgan edi.

Sehrli kvartiraning oynalari singan derazalaridan tutun buruqsib chiqa boshlashi bilan hovlidan odamlarning jon holatda qichqirishgani eshitildi:

— O‘t ketdi, yonyapmiz!

Bu uydagi kvartiralarning ko‘pida odamlar telefon qilib chinqira boshlashdi.

— Sadovaya! Sadovaya ko‘chasi, uch yuz ikki-bis! Shaharning har yog‘idai o‘kdek uchib kelayotgan uzunchoq qizil mashinalarning yuraklarni dahshatga soluvchi qo‘ng‘iroq sadolari Sadovaya ko‘chasida eshitilgan payt, hovlida zir yugurib yurgan odamlar beshinchi qavatdagi derazadan uchta erkakning va bitta yalang‘och ayolning qora sharpasi tutun bilan birga uchib chiqib ketganini ko‘rdilar.

<p>Yigirma sakkizinchi bob</p><p>KOROVYOV BILAN BEGEMOTNING OXIRGI NAYRANGLARI</p>

O‘sha sharpalar haqiqatan ham bo‘lganmidi yo Sadovaya ko‘chasidagi badbaxt uyda yashovchilarning ko‘ziga qo‘rqqanlaridan shunday ko‘ringanmi — buni aniq aytish qiyin. Agar o‘sha sharpalar bo‘lgan bo‘lsa, endi ularning qayoqqa yo‘qolganini ham hech kim bilmas edi. Sharpalarning qaerga borganda bir-birlaridan ajralishganini ham biz ayta olmaymiz, lekin shuni bilamizki, Sadovaya ko‘chasida boshlangan yong‘indan keyin taxminan chorak soat vaqt o‘tganida Smolenskiy bozoridagi Torgsin magazinining ko‘zgu o‘rnatilgan eshigi oldida katak kostyum kiygan daroz odam bilan juda ham yirik bir qora mushuk paydo bo‘ldi.

Daroz kimsa epchillik bilap odamlar orasipi yorib o‘tib, magazinniig sirtqi eshigini ochdi. Lekin g‘oyat badxoh chehrali, qotmadan kelgan, jikkakkina eshikog‘asi uning yo‘lini to‘sib, jahl bilan dedi:

— Mushuk bilan kirish mumkin emas.

— Meni afv etasiz, — deb shang‘illadi daroz odam va g‘adir qo‘lini xuddi kar odamday qulog‘iga olib bordi, — mushuk bilan dedingizmi? Qani, mushuk?

Eshikog‘asi baqrayib qoldi, buiga sabab, daroz odamning oyog‘i ostida endi hech qanday mushuk ko‘rinmasdi, bil’aks, qo‘liga primus ko‘tarib, boshiga yirtiq kepka kiygan, lekin basharasi chindanda bir oz mushuknikiga o‘xshab ketuvchi bir baqaloq odam, darozning yelkasi osha mo‘ralar va hadeb magazinga kirishga talpinardi.

Bu ikki xaridor negadir odamovi eshikog‘asiga yoqmagan edi.

— Bizda mol faqat valyutaga sotiladi, — deb xirilladi u oq oralaganligidan xuddi kuya yegandek bo‘lib ko‘ringan paxmoq qoshlari ostidan o‘qrayib qararkan.

— Azizim, — deb shang‘illadi daroz pensnesining darz ketgan shishasi orqali ko‘zini chaqnatib, — kim aytdi sizga menda valyuta yo‘q deb? Kiyim-boshimga qarab shuiday o‘yga bordingizmi? Hech qachon bunday ish tutmaig, qimmatli qo‘riqchi! Jugda katta xatoga yo‘l qo‘yib qo‘yishingiz mumkin. Hech bo‘lmasa mashhur halifa Xorup ar-Rashidning kechmishlariga qayta ko‘z yugurtirib chiqing. Ammo mazkur vaziyatda, u tarixni vaqtincha chetga qo‘yib, sizga shuni aytmoqchimanki, ustingizdan mudiringizga shikoyat qilaman va siz to‘g‘ringizda shunday gaplarni aytib beramanki, oqibatda oynavand qo‘shqavat eshik orasidagi issiq o‘rningizdan judo bo‘lishingiz hech gap emas.

— Balki primusim to‘la valyutadir, — qizishib gapga aralashdi, nuqul magazinga suqulib kirishga urinayotgan mushukbashara baqaloq. Magazin eshigi oldida ancha-muncha odam to‘planib qolgan edi. Ularning toqati toq bo‘lib, bu ikki xaridorni siqib kelaverishdi. Natijada bu ikki alomat kishiga nafrat va shubha bilan tikilgan eshikog‘asi o‘zini chetga olishga majbur bo‘ldi, shunda bizning tanishlarimiz Korovyov bilan Begemot magazinga kirdilar.

Bu yerda ular, birinchi navbatda, hammayoqqa bir-bir ko‘z yugurtirib chiqishdi, so‘ng Korovyov magazinning hamma yeriga ham eshitiladigan yangroq ovoz bilan dedi:

— Ajoyib magazin! Juda, juda yaxshi magazin. Peshtaxta oldidagi xaridorlar ovoz kelgan tomonga negadir taajjub bilan yalt etib o‘girilishdi, holbuki magazinni maqtashga asos bor edi.

Tokcha kataklariga turli xil gul solingan, rang-barang chitlar toy-toy qilib taxlab tashlangan. Ularning orqasida xom surp, shifon va frakbop movutlar bor. Ulardan narida tog‘-tog‘ qilib uyilgan poyabzal qutilari. Bu yerda bir nechta ayol pastak kursilarga o‘tirib olib, oyoqlariga yangi, yaltiroq tuflilar kiyib ko‘rishar, jiddiy qiyofada gilamcha ustida yurishardi. Undan narida muyulish orqasidan patefon ovozi kelardi.

Перейти на страницу:

Похожие книги