Yer sochini tutdim: «Ey hayotim naqshi,O‘nglagil ishim, dilimning farahbaxshi».Dedi: «Qo‘y-u sochimni, labimni ista,Bir lahzalik aysh uzun umrdan yaxshi!»
63
Jonon, seni tark aylamak ermas oson,Zumrad xating qoshida to bermay jon.Jonimni g‘izosidir u yoqut lablar,Kelmaydi teng unga ikki yuz ming marjon.
64
Derlarki, behisht eshigiga yetgaymiz,May — qo‘lda, malak — quchoqda aysh etgaymiz.Bas, biz mayu ma’shuqni desak, ne bo‘pti?Ish oqibati shunday ekan, netgaymiz?!
65
Gul baxti juda kulgan ekan gulshanda,Yig‘laydi bulut, gul-chi, qiladi xanda.Maqtansa-da ozodligidan harchand sarv,Tik qaddi bilan bo‘libdi gulga banda.
66
Vaj topadi, kim bodani inkor qiladi:Shunday tirilar, har kishi qanday o‘ladi!Bizlar yashadik ma’shuqu may birla mudom,Bas, hissa: qiyomatda-da shunday bo‘ladi!
67
Sho‘r baxtim agar bo‘lmasa yor, men na qilay?Ko‘nglimni quvonch aylasa zor, men na qilay?Ko‘zimning u gavhari edi — tark etdi,Bu gavhari yo‘q ko‘z endi xor, men na qilay?
68
Qay dam nazaring bu dili g‘amnokka yetar,Go‘yoki quyosh shu’lasi xoshokka yetar.So‘z qotma, esam-da gar yo‘ling tuprog‘i,Ming hayfki, ovvozing agar xokka yetar…
69
Gar ko‘ylagini yechsa u oy yuzli pari —Motdir bu jahondagi go‘zallarning bari!Qalbi ko‘rinar ko‘ksida nozikligidanSof suvda ko‘ringan kabi tosh zarralari.
70
Shoh taxtida o‘ltirsa-da to‘kib yoshiniGul zorlanadi: «Ko‘ring bu dunyo ishini:Gar shuncha kuyar men kabi shaffof xilqat,Voy, holiga ming voy gunohkor kishining!»
71
Tokaygacha bu elga jafo qilgaysan?Ozurda ko‘ngillarni yana tilgaysan?Dil ahli qo‘lida qonsiragan tig‘ bor,Qoning seni bo‘yningda erur bilgaysan?..
72
Tong yeli, o‘shal suluvga xushtorligim ayt,Bir ko‘rgali oy yuzini ming zorligim ayt,Tunlarni shirin uyquda o‘tkazguchi ul —Beg‘amga qachondan beri bedorligim ayt.
73
Dedimki: «Labing?» Dedi: «Labim — obi hayot».«Og‘zing-chi?» — dedim. Dedi: «Bu — bir dona nabot».Dedimki: «So‘zing?» Dediki: «Hofiz aytmish:«So‘z pirlarini duo bilan aylang yod!»
74
Mardlikni so‘ra fotihidan Xaybarning![12]Ximmat sirini xojasidan Qambarning![13]Haq fayzini, Hofiz, tilasang astoydil,So‘r manbaini soqiysidan Kavsarning!
75
Ey do‘st, g‘anim jafosiga qo‘l silta!Maydan o‘zga safosiga qo‘l silta!Haqni bil-u, o‘zingni — bu olam eliningHar yaxshi-yomon bahosiga qo‘l silta!

Ergash Ochilov tarjimalari

Перейти на страницу:

Поиск

Книга жанров

Похожие книги