Ul jomki, safo gulshani — tut ilkimga,Yor timsoli sog‘ar — ani tut ilkimga.Zanjir kabi ul may o‘ralar o‘z-o‘ziga,Devonasi bo‘ldim, qani, tut ilkimga!
17
Hargiz meni yod aylamading, sham’i Chigil,Mushkul esa-da bu men uchun — ko‘ndi ko‘ngil.Dardeki, g‘amingdan yuragimda qat-qat,Dil bilga-yu men bilgum, men bilgum-u dil.
18
Sen — to‘lgan oy-u, senga quyosh banda emish,To banda emish o‘shal — ravshan-da emish.Bir chehraki, oftob nur emib shu’lasidan,Oy ham ilibon yog‘du bilan sha’n-da emish.
19
Ul fasli yigitlikda sharob ko‘p sozdir,Gul yuzlar ila bodai nob ko‘p sozdir.Olam-ku xarob rabot erur boshdan-oyoq,Bo‘lmoq bu xarob yerda xarob ko‘p sozdir.
20
Gar biz kabi sen ham asiri dom bo‘lasan,Azbaski, xarobi bodayu jom bo‘lasan.Dunyosiga o‘t qo‘yguchi oshiqlarmiz,Biz birla o‘tirma sira — badnom bo‘lasan!
21
Kim ko‘rdi u yordan vafo — men ko‘raman?Kim ko‘rdi jafodan safo — men ko‘raman?Umrimsan-u, ammo bevafosan, ne kilay,Kim ko‘rdi umrdan vafo — men ko‘raman?
22
Zulfingning uchi kabi mening qaddim xam,Oshufta dilim labingni istar har dam.Pista kabi tang labing — dilimning rizqi,Holimning tangligi ayon shundan ham.
23
Sendan meni bu falak ayirgandan buyon,Kim ko‘rdi labimda bir tabassumni, qachon?Har qanchaki hijron g‘ami bor ko‘nglimda —Bir men bilaman hamda Xudovandi jahon!
24
Hajring o‘gida sham’ kabi afzun yig‘lay,Jomdek to‘kayin-u ashki gulgun, yig‘lay,May jomiga o‘xshayman-u, diltanglikdanChang nolasini tinglar ekan, xun yig‘lay…
25
To tonggacha yummadim g‘aming ichra ko‘zim,To tonggacha yosh to‘kdim — ko‘p dilda so‘zim.Dardingni birovga sira aytib bo‘lmas,To tonggacha gaplashdim o‘zim birla o‘zim.
26
Bu so‘zi shirinlar ahdiga yo‘q poyon,Oriflar ular yo‘lida bergaylar jon.Ma’shuqa hamisha ixtiyoringda bo‘lar,Ishqbozlar aro bo‘lmasa noming doston.
27
Hijron kuni bu — do‘stlarni yod aylagali,Aysh vaqti emas ko‘ngilni shod aylagali.May jomi qoshimda bo‘lsa-da hushyorman,Bir do‘stim yuq, chunki nashot[6] aylagali.
28
Ishqing g‘amidan qon to‘la dil kishvarida,Husning sening aql idrokidan tashqarida.Zulfing ko‘yida zoru g‘aribdir bu dilim,Oh, holi uning ne bu tun sendan narida?..
29
Ey, timqora zulfing quyoshga soya,Go‘yoki niqob kulohing[7] yangi oya.Shom bo‘lsa yalovbardor mushkin xatishta,Tong chokar[8] sen kabi qamarsiymoya.
30
Jon zulfini halqasi aro istar joy,Zeroki, balo bandini ochgay ul oy.Yor qoshi uchun jonimni peshkash[9] qildim,Ko‘rsatsa yuzin zora o‘shal qoshi yoy.
31

Перейти на страницу:

Поиск

Книга жанров

Похожие книги