Gul so‘ylar edi: «Oyoq-qo‘lim bo‘lsaydi,Qochib qutular edim — yulim bo‘lsaidi.Aybim yug‘-u, shuncha kuydim, oh, yaxshi edi —Aybim boridan ko‘ra o‘lim bo‘lsaydi…».
32
Sozdir necha dilni may bilan shod etsak,O‘tgan bilan ketganni-da kam yod etsakHam bir yo‘la zindoniy omonat jonniBir lahza aql ilkidan ozod etsak…
33
Bul kecha g‘amingdan qon aro yotgumdir,Ranj bistarida hijron aro yotgumdir.Gar shubha etarsan, o‘z xayolingni yubor,Ko‘rsin o‘sha ne afgon aro yotgumdir…
34
Gul g‘unchasi to bodaga hamroz[10] bo‘lgay,May maylida nargis qadahsoz bo‘lgay.Forig‘ dili ul kimsanikim misli hubob[11]Mayxonaga yo‘l tutib, sarafroz bo‘lgay!
35
Na davlati dunyoni(ng) sitamga arzir,Na lazzati mastlikni(ng) alamga arzir,Na shodligi dunyoni necha ming yillikUl bir necha kun mehnatu g‘amga arzir.
36
Ulfatlar aro qay kuni dil qildi xitob:Gul mavsumida tark etayin bodai nob.Bulbul chaman ichra qichqirib berdi javob:G‘ofil, bu nima — fasli gulu tarki sharob?!
37
Men haqdagi fikringni, sabo, so‘zla nihon,Oz bo‘lsa-da ishq izhoriga mingta zabon,Ohista so‘z och so‘z orasinda, tokiSevgimni malol olmasin ul qoshi kamon.
Ich bodanikim, mangu hayot shu asli!Besh kun bu tiriklikda najot shu asli!Gul mavsumiyu do‘stu yaqinlar sarmast,Shod bo‘l, bu jahonda chin nashot shu asli!
40
O‘ldim bo‘sa birla quchog‘ing orzusida,Uldim o‘sha jonbaxsh dudog‘ing orzusida.Cho‘zib netaman qissani, bas, qisqa qilay:O‘ldim, ya’ni boshdan-oyog‘ing orzusida!
Mazmuni bo‘lay, deding, xayol-o‘yingning,Sabr ayla-yu, ko‘nglingni mudom tutgil keng.Oh, sabr qani-yu, dil nima? Aslida dil —Qondir o‘zi bir qatra-yu, andishasi ming.
43
Ko‘zingdan makru afsun yog‘iladi,Vaj izlab jangga qahru kin yog‘iladi.Ko‘ngling yana qoldi hamnafaslardan tez,Berahm dilingdan tosh tayin yog‘iladi.
44
G‘am ichra misoli boda qaynab netasan?G‘am lashkariga qarshi nechuk jang etasan?Sabza kabi labdan bodani tutma uzoq,Sabza bo‘yida may ich — behinpta yetasan!
45
Qar kun dilim og‘riydi bo‘lak qayg‘u bilan,Har kun uradi ko‘zga firoq o‘zga tikan.Men jahd etaman vale qazo qaytargay:«Ish boshqa sen o‘ylagandan unda umuman!»