Bu payt Yershalaim uzra yana quyosh charaqlagan, O‘rtaer dengiziga botishidan oldin prokurator xush ko‘rmagan shaharga bugun so‘nggi marta vidolashuv nurini yo‘llab, balkon pillaioyalariga zarrin rang baxsh etgan edi. Favvoraga qayta jon kirib, baralla kuylay boshladi, kabutarlar yana qum sepilgan yo‘lkalarga uchib tushishib, singan shoxchalar ustidan sakrasharkan, «hu-hu» lashib, ho‘l qumdan nimalarnidir topib cho‘qishardi. Qizil ko‘lmak endi artilgan, sopolaklar terib olingan, xontaxtadagi bir tovoq pishgan go‘shtdan bug‘ chiqardi.

— Prokuratorning amrini eshitishga muntazirman, — dedi mehmon xontaxtaga yaqin kelarkan.

— To men bilan o‘tirib may ichmaguningizcha hech nima eshitmaysiz, — dedi Pilat nazokat bilan va uni ikkinchi chorpoyaga taklif qildi.

Kelgan odam chorpoyaga yonboshladi, xizmatkor uning kadahiga quyuq qizil sharob quydi. Ikkinchi xizmatkor esa Pilatning yelkasi osha ehtiyotlik bilan engashib, uning qadahini to‘ldirdi, Shundan so‘ng prokurator bir imo bilan ikkinchi qulni jo‘natib yubordi. kelgan odam tanovul bilan band ekan, Pilat maydan huplab-ho‘plab, qisiq ko‘zlari bilan mehmonni kuzatib yotdi. Mehmon o‘rta yoshlardagi odam bo‘lib, istarasi issiq, kulcha yuzi tarovatli, burni go‘shtdor edi. Sochining qanday rangda ekanligini aniq aytish qiyin edi. Xozir, quriy boshlagach, u sarg‘ish tusga kirayotgan edi. Uning qaysi millatga mansubligini ham aniqlash mushkul edi. Chehrasidagi asosiy belgi xushmuomalalik desa ham bo‘lardi-yu, biroq ko‘zlari, aniqrog‘i, ko‘zlari ham emas, balki o‘z suhbatdoshiga tikilib qarash tarzi chehrasidagi o‘sha xushmuomalalikka putur yetkazardi. U bitko‘z bo‘lib, odatda, sal shishinqiragandek ko‘rinuvchi g‘ayrioddiy qovoqlari ostidan beozor mug‘ambirlik bilan boqardi. Chamasi, mehmon mutoibaga moyil edi. Biroq bu mutoiba uchquni o‘qtin-o‘qtin ko‘zlaripi mutlaqo tark etib, u qovoqlarini ko‘tarar, ko‘zlarini katta ochib, go‘yo suhbatdoshining burni uchidagi ko‘z ilg‘amas biron dog‘ni tez ko‘rib olmoqchi oo‘lganday, unga dabdurustdan qattiq tikilardi. Lekin bu tikilish bir lahzagina davom etib, qovoqlar yana gushar, ko‘zlar qisilib, ularda muloyimlik va mug‘ambirona idrok uchquni porlay boshlardi.

Mehmon ikkinchi qadahga ham moyillik bildirdi, bir nechta ustritsani oshkora lazzat bilan laqqa-laqqa yutib yubordi, sabzavot dimlamasidan tatib ko‘rdi, go‘shtdan ham bir bo‘lagini olib yedi.

Qorni to‘ygach mayni maqtadi:

— A’lo nav uzum, prokurator, lekin bu — «Falerno» bo‘lmasa kerak?

— «Sekuba», o‘ttiz yillik, — lutfan javob qildi prokurator.

Mehmon qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, qorni to‘yganligini aytdi va minnatdorchilik bildirdi. Shunda Pilat o‘z qadahiga may to‘ldirdi, mehmon ham shunday qildi. Ikkovlari o‘z qadahlaridan go‘sht solingan laganga bir oz may paymo qildilar, keyin prokurator qadahini ko‘tarib, baralla ovoz bilan dedi:

— Biz uchun hamda jahonda eng aziz va mo‘tabar inson, rimliklar padari bo‘lmish buzruk qaysar, sen uchun!

Shundan so‘ng ular qadahlarni oxirigacha sipqordilar, afrikalik qullar xontaxta ustidagi taomlarni yig‘ishtirib olib chiqib ketishdi, bu yerda faqat ho‘l mevalaru ko‘zalarda sharob qoldi. Prokurator yana bir imo bilan xizmatkorlarni ketqazib yubordi va ustunlar poyida — rovonida endi o‘z mehmoii bilan qoldi.

— Xo‘sh, — deb ohista gap boshladi Pilat, — bu shahar aholisining kayfiyati haqida qanady fikrdasiz?

Shunday deb u nigohini beixtiyor shiyponning nariyog‘iga, oftobning so‘nggi shu’lalariga g‘arq bo‘lgan pastlikdagi ustuilarga, uylarning yassi tomlariga qaratdi.

— Taxminimcha, prokurator, — deb javob qildi mehmon, — Yershalaimdagi hozirgi kayfiyat qoniqarli.

— Demak, betartiblik endi tahdid solmaydi, deb ishonsa bo‘ladi?

— Faqat, — deb javob qildi mehmon prokuratorga muloyim nigoh tashlarkan, — dunyoda bir narsaga — buyuk qaysarning qudratiga ishonsa bo‘ladi.

— Tangrilar uning umrini ziyoda qilsin, — deb shu zahoti gapni ilib ketdi Pilat, — davlatiga osoyishtalik ato etsin. — U bir zum sukut saqlab, so‘ng davom etdi: — Demak, sizning fikringizcha, endi qo‘shinni olib ketsa bo‘ladi?

— Menimcha, Shiddatli legion qohortasi ketsa bo‘ladi, — deb javob qiddi memon, so‘ng ilova qildi: — Lekin xayrlashuv oldidan shahar ko‘chalaridan tantanavor marsh qilib o‘tsa yomon bo‘lmasdi.

— Juda yaxshi fikr, — deb ma’qulladi prokurator, — ertadan keyin men u qohortaga javob beraman, o‘zim ham jo‘nab ketaman, sizga o‘n ikki xudo jamoasi haqqi, ajdodlarimiz ruhi haqqi, ont ichib aytamanki, shu ishimni shu bugun bajarish uchun yarim davlatimni baxshida qilishga ham rozi edim.

— Prokurator Yershalaimni xush ko‘rmaydilarmi? — muloyim ohangda so‘radi mehmon.

Перейти на страницу:

Похожие книги