— Nimasini aytasiz, — dedi prokurator jilmaygancha, — dunyoda bundan nobobroq joy yo‘q. Iqlimi haqida-ku gapirmasam ham bo‘ladi. Har gal bu yerga kelganimda tobim qochadi. Lekin buyam baharnav. Bu yerning hayit-bayramlarini aytmaysizmi — kohinlar, s yehrgarlar, afsungarlar, gala-gala ziyoratchilar… Mutaassiblar, mutaassiblar! Bitta masiho g‘alvasi qancha gashvishga qo‘ydi — tavba, nega endi kelib-kelib uni shu bu yil zohir bo‘ladi deb kuta boshlashdi-ya? Eng ko‘ngilsiz xunrezliklarning shohidi bo‘laman deb har daqiqa yurak hovuchlab turasan. Qo‘shinlarni muttasil joydan-joyga ko‘chirish, yarmidan ko‘pi o‘z ustingdan yozilgan chaquvlar, g‘iybatlarni o‘qish! Hammasi yurakni ziq qiladigan ishlar, shunday emasmi? O, agar imperator xizmatida bo‘lmaganimdami!..

— To‘g‘ri, bu yerdagi bayramning daxmazasi ham oor, — deb e’tirof etdi mehmon.

— O, koshkiydi shu baytalmon bayram tezroq tugay qolsa, — ilova qildi Pilat ancha jonlanib. — Unda men nihoyat Qaysariyaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lardim. Ishonasizmi, Irodning manavi bema’ni inshooti, — prokurator qo‘lipi ustunlar yoqalab olisga cho‘zgan edi, uning qasr haqida gapirayotgan cha’lum bo‘ldi, — meni tamomila jinni qilib ko‘ymoqda. Men u yerda tunay olmayman. Dunyoda bunaqa betayin inshoot bo‘lgan emas. Hay, asosiy gapga qaytaylik. Avval ayting-chi, anavi la’nati Varravvan sizni xavotirga solmayaptimi?

Shu chog‘ mehmon o‘zining o‘sha maxsus nigohini prokuratorning yonog‘iga qaratdi. Lekin u aftini burishtirib, uzoqqa — o‘z poyi ostidagi shahrining shimolda xiyla xiralashgan qismiga erinchoqlik bilan tikilardi. Mehmonning nigohi yana so‘nib, qovoqlari osiddi.

— Endi Var musichadek beozor bo‘lib qolgan, deb bemalol aytish mumkin, — dedi mehmon kulcha yuzida ajinlar paydo bo‘lib. — Endi u isyon ko‘tarishga iymanadi.

— Shunchalik mashhurmi u? — deb so‘radi Pilat miyig‘ida kulib.

— Prokurator, har safargidek, masalaning nozik jihatini yaxshi fahmladilar!

— Lekin harna bo‘lganda ham, — dedi prokurator tashvishli ohangda va qora ko‘zli uzuk taqilgan ingichka, uzun barmog‘ini yuqori ko‘tarib, — yo‘lini qilish kerak…

— O, prokurator xotirjam bo‘lsinlar, kamina Iudeyada ekanman, Varravan bizning nazoratimizsiz bir qadam ham jila olmaydi.

— Endi ko‘nglim tinchidi, sirasini aytganda, siz shu yerda bo‘lganingizda hamisha tinchman.

— Siz behad saxovatlisiz, prokurator!

— Endi qatl haqida so‘zlab bering, — dedi prokurator.

— Sizni aynan nima qiziqtiradi?

— Olomon norozilik bildirishga urinmadimi? Eng muhim shu, albatta.

— Mutlaqo, — deb javob qildi mehmon.

— Juda yaxshi. Mahbuslarning o‘lganligini o‘zingiz aniqladingizmi?

— Bunga imoningiz komil bo‘lsin, prokurator.

— Ayting-chi… ularni ustunlarga osish oldidan ichimlik berildimi?

— Ha. Lekin u, — shunday deb mehmon ko‘zini yumdi, — ichishdan bosh tortdi.

— Kim u? — deb so‘radi Pilat.

— Afv eting, igemon! — dedi mehmon, — ismini aytmadimmi? Ha-Notsri.

— Ovsar! — dedi Pilat, negadir aftini burishtirib. Uning chap ko‘zi osti ucha boshladi, — oftobda jizg‘anak bo‘lib o‘lishni afzal ko‘ripti. Qonun yo‘l bergan narsadan bosh tortishning nima hojati bor ekan? Nima deb vaj qildi?

— U, — yana ko‘zini yumib turib javob qildi mehmon, — minnatdorlik bildirdi va jonini olayotganlari uchun ayblamasligini aytdi.

— Kimni ayblamasligini? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Pilat.

— Buni aytmadi, igemon.

— Navkarlar oldida va’z qilishga urinmadimi?

— Yo‘q, igemon, u yerda u nihoyatda kamsuxan edi. Bor-yo‘g‘i bitta gap aytdi; odamzodga mansub illatlar ichida eng marazi qo‘rqoqlikdir, — dedi.

— Bu gapi bilan nimaga shama qildi? — degan sovuq ovoz eshitildi birdan mehmonning qulog‘iga.

— Buni aniqlab bo‘lmadi. U, umuman, har doimgiday o‘zipi juda g‘alati tutdi.

— G‘alatiligi nimadan iborat bo‘ldi?

— U doim atrofdagi odamlarning ko‘ziga tikilib qarashga urindi va mudom parishonxotir jilmayib gurdi.

— Bor gap shumi? — deb so‘radi xirillagan ovoz.

— Bora gap shu.

Prokurator o‘ziga may quyaturib, qadahni «do‘q» etib qo‘ydi. Keyin uni bir ko‘tarishda oxirigacha siiqordi-da, shunday dedi:

— Gap bunday: garchi biz — loaqal bugungi kunda — uning biron-bir muxlisi yoki izdoshini topa olmasak ham, baribir, undaylar mutlaqo yo‘q deb kafolat bera olmaymiz.

Mehmon boshini egib, diqqat bilan quloq solar edi.

— Shunga ko‘ra, bironta tasodifiy holning oldini olish maqsadida, — deb gapida davom etdi prokurator, — zudlik bilan, hech qanday tovush chiqarmay uchala qatlning jasadini yer yuzidan yo‘q qilishingizni va ularni imi-jimida, hech qanday nom-nishon qoldirmay ko‘mdirib tashlashingizni iltimos qilaman.

— Bosh ustiga, igemon, — dedi mehmon o‘rnidan turarkan, so‘ng ilova qildi: — Vazifa murakkab va mas’uliyatli bo‘lgani sababli, ruxsat eting, darhol yo‘lga tushay.

Перейти на страницу:

Похожие книги