U shahar tomon oqib borayotgan odamlar va karvon-lar orasidan chaqqonlik bilan chopib o‘tib, shahar qopqasiga yetib oldi va shu yerda, chap tomonda ochiq turgan non do‘konini ko‘rdi. Jazirama oftobda yugu-rib kelganidan og‘ir hansiray boshlagan Leviy bir oz nafasini rostlab olgach, o‘zini sipo tutib, do‘konga kirib bordi, peshtaxta ortida turgan do‘kon bekasi bilan salomlashdi, ko‘ziga negadir eng yuqori taxtada turgan bo‘lka non yaxshi ko‘rinib ketib, bekadan shu nonni olib berishni iltimos qildi, lekin beka orqasiga o‘grilgan hamonoq u peshtaxta ustida yotgan, o‘zi uchun suv bilan havodek zarur narsani — ustara-day o‘tkir, uzun pichoqni tovush chiqarmay, juda chaqqonlik bilan oldi-yu, do‘kondan o‘qday otilib chiqib ketdi. Bir necha daqiqadan keyin u yana Yaffa yo‘liga chiqib olgan edi. Lekin namoyishchilar ko‘rinmasdi. U chopib ketdi. Leviy xachir minib, yayov yurib Yersha\aimga kelayotgan to‘da-to‘da odamlarni hay-ron qoldirib, ahyon-ahyonda o‘zini yo‘l o‘rtasiga «tap-pa» otib, nafasini bir oz rostlab olish uchun qimir etmay tuproqqa belanib yotarkan, nainki yuragining «gurs-gurs» tepishini, shuningdek, miyasi va quloq-lariga ham qon tomirlari qattiq-qattiq urilayotga-nini eshitardi. U shunday tarzda bir oz nafasini rostlagach, sakrab turib yana chopa boshlardi, lekin cho-pish sur’ati tobora sustlasha boshlagan edi. Nihoyat u olisda oftob shu’lasida tovlanib borayotgan uzundan-uzun namoyishni ko‘rdi, lekin namoyish axdi endi te-pa etagiga yetib olgan edi.

— E, xudo… — deb ingradi kechikayotganini sezgan Leviy. Ha, u kechikkan edi.

Qatl boshlanganiga to‘rt soat bo‘lganida Leviyning iztirobi eng baland avjga minib, g‘azabi qaynab ket-di. U tosh ustidan turib, uning fikricha, bekorga o‘g‘irlangan pichoqni yerga otdi, obdonni oyog‘i bilan bosib sindirib, o‘zini suvdan mahkum qiddi, boshida-gi ro‘molni yechib tashlab, siyrak sochini changallagan-cha o‘zini la’natlay boshladi.

U maza-bemaza gaplar bilan bo‘ralab so‘kinar, itday irillar, quturgan nordek og‘zidan ko‘pik sochar, ahmoq o‘g‘ilni dunyoga keltirgan ota-onasiga la’natlar o‘qirdi.

U shuncha ont ichgani, so‘kingani bilan bu jazirama kunda hech qanday o‘zgarish yuz bermaganini ko‘rib, qovjiragan mushtlarini tugib, osmonga, soyalarni to-bora uzaytirib O‘rta yer dengizi yoqqa og‘ib borayotgan quyoshga ko‘zlarini qisib qaradi-da, xudoga iltijo qilib, darhol mo‘’jiza yaratishni — tezroq Ieshuaning jonini olishini talab qildi.

Ammo u ko‘zini ochib, agar kenturionning ko‘ksida-gi ikki qalqonchaning endi porlamay qo‘yganini hisobga olinmasa, hech nima o‘zgarmaganini ko‘rdi. En-di oftob shu’lasi Yershalaim tomonga qaratilib chor-mix qilingan qotillarning orqasiga tushib turardi. Shunda Leviy:

— La’natlar bo‘lsin senga, e xudo! — deb baqirib yubordi.

Keyin u xirillab qolgan ovozi bilan xudoning adolatsizligiga shohid bo‘lgani va shu bois endi unga mutlaqo imon keltirmasligi haqida faryod qiddi.

— Sen karsan! — deb irillardi Leviy, — kar bo‘lmaganingda nolamni eshitgan zahoting uning jonini olgan bo‘lur eding.

Shu ta’nalardan keyin Leviy ko‘zlarini qisgancha, hozir osmondan chaqmoq tushib, men shakkokni mahv etadi, deb kuta boshladi. Lekin bu hol yuz bermadi, shunda Leviy hamon ko‘zlarini katta ochishga jur’at etmay, samoga qarata g‘oyat achchiq va alamli so‘zlarni chinqirishda davom etdi. U samodan butkul hafsalasi pir bo‘lgani va dunyoda boshqa xudolar va dinlar ham mavjudligi haqida hayqirardi. Ha, boshqa xudo Ieshua singari insonning ustunga band etilgan holda oftob tig‘ida kuyib o‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi.

— Men yanglishibman! — deb xirillardi butkul bo‘g‘ilib qolgan ovoz bilan Leviy, — sen yovuzlik xudosi ekansan! Yo ko‘zlaringni ibodatxonadagi isiriqdonlardan ko‘tarilgan tutun so‘qir qilib, quloqlaring din peshvolari chalgan burg‘u sadosidan boshqa sasni eshitishga ojiz bo‘lib qolganmi? Sen qodir xudo emassan. Sen qora niyat xudosan. La’natlar o‘qiyman senga, o qaroqchilarning homiysi va pushtipanohi bo‘lmish xudo!

Перейти на страницу:

Похожие книги