Yorim qo‘liga qadahki olgay,Bozori sanam kasodga qolgay.Har kimki, ko‘zini ko‘rsa deydi:Bu — mast, qani muhtasib, tutolgay?Ashk bahri aro baliq bo‘libman,Qarmog‘ini yor chu suvga solgay.Zor ila ayog‘iga yiqildim,Ummid etamen: qo‘limdan olgay.Hofiz kabi xurram ul kishikim,Jomi azali(y)ni no‘sh etolgay.Kecha doston bo‘ldi oshiq davrada gisularing,To yarim tun bahsga bois bo‘ldi anbar mo‘laring.Kipriging novaklaridan qonga aylandi ko‘ngil,Vah, yana qo‘msar, ajabkim, ul kamon abro‘laring.Avfilillohkim, sabo keltirmasa sendan xabar,Hech nasib bo‘lmasdi ko‘rmak bizga ko‘cha-ko‘laring.Bexabar erdi jahon avvalda ishq oshubidin,Qoldi g‘avg‘oga u ko‘rgach g‘amzai jodularing.Men ham avvallar edim dardi junundin bexabar,Qo‘ydi domin yo‘llarimga kokili hindularing.Tugmalarni yechgil-u, dil mushkulin ayla kushodKim, yechilmog‘imga bois dilkusho kulgularing.Kel vafo aylab, qadam qo‘y Hofizingning xokigaKim, bu olamdan olib ketmish meni orzularing.— Jonibek Quvnoq tarjimalari —
* * *Bir umr mayxona burchi xonaqohimdur mening!Piri mayxo‘rlar hamisha qiblagohimdur mening!Tong chog‘i may bo‘lmasa — hech bir xatarli joyi yo‘q,Tongdagi qilgan fig‘onim uzrxohimdur mening.Shukr eturman — yo‘q erur shohu gado birla ishim,Do‘st dargohin gadosi podshohimdur mening!Masjidu mayxonadan maqsad faqat diydor ko‘rish,O‘zga yo‘q fikrim — Xudovandim guvohimdur mening!Ostonaig boshga sstiq bo‘ldi-yu bir taxt kabi,Oftobing toju taxti takyagohimdur mening!Yetmaguncha to ajal tig‘i boshimga, shubhasiz,Yuz o‘girmak eshigindan ishtibohimdur mening.Nosavob ishlarga yo‘q, Hofiz, sening mayling valeXushodoblikdan deginkim: bu gunohimdur mening!* * *Lablaringning sharbatidan chiqmadi komim hanuz,La’l joming orzusida bo‘sh turar jomim hanuz.Kecha g‘orat bo‘ldi dinim ikki zulfing domida,Ushbu savdoda ne tus olgay saranjomim hanuz.Yanglishib tunda Xo‘tan mushki, dedim, zulfingni men,Tig‘dayin botgay soching, qon sochgay andomim hanuz.Yuzlaringni shulasin xilvatda ko‘rdi oftob,Tig‘iga bo‘ldi nishona eshigu tomim hanuz.Bir kuni nomimni tilga oldi jonon yanglishib,Barcha oshiqqa misoli jon erur nomim hanuz!Lablaringning soqi(y)si berdi azaldan qatra may,Ketmagay mastlar tilidan nomu payg‘omim hanuz!To bo‘lay oromi joning, o‘t, deding, jon baxtjdan,G‘amlaringga jonni berdim — yo‘qdir oromim hanuz.Yozdi Hofiz mex ila la’li labingning qissasin,Chashmadur obi hayotga she’ru ilhomim hanuz.— Olimjon Bo‘riyev tarjimalari —
* * *