Do‘stlar bazmu visolin yodda tut!O‘tgan ul kunlar xayolin yodda tut!Bir vafoli do‘st topolmaysan bu kun,Ul vafo ahli kamolin yodda tut!Qildi g‘am achchig‘i og‘zimni zahar,Jom jarangi, may zulolin yodda tut!Men-ku g‘amga chora topmay yonaman,Chorasiz holi maholin yodda tut!Garchi do‘stlar men faqirni eslamas,Har nafas do‘stlarni holin yodda tut!Men balo domiga bo‘ldim mubtalo,Haqparastlar sa’y-jidolin yodda tut!Qoldi Hofizning siri aytilmayin,Sirdosh ulfatlar jamolin yodda tut!* * *Jahonda bo‘ldi odat bevafolik,Birovda yo‘q nishoni oshnolik.Hunar ahli faqirlik hasratidanXasislar qoshida qilgay gadolik.Bu kun har kimki donishmand jaqonda,Unga qismat alamga mubtalolik.Kishi johilu nodon bo‘lsa qancha,Bu bozorda uning moli baholik.O‘qib shoir chiroyli she’rlariniKo‘ngillarga ulashsa ro‘shnolik.Tariqcha xayru eqson aylamaslar,Sanoiydek agar she’ri safolik!Kecha aqlim qulog‘imga shivirlar:Chida, ketmas boshingdan benavolik!Kel, ey Hofiz, bu pandni tingla jondan,Ado qilgunicha she’rga fidolik.* * *Ey shom, ko‘yimiz sari guzar qil!Ey tong, qolimizga bir nazar qil!Tun zulmatida ezildi jismim,Yo Rab, qora tunlarni sahar qil!Ey tong yeli, ul sanamga aytgil:Qurbonlaring sari guzar qil!Hajring g‘amida agarchi o‘ldim,Ey yor, meni o‘qingga sipar qil!Qoshini kamonidan xazir bo‘l,Noz-ishvasi o‘qidan xazar qil!Maqsadga yetolmasang, ayo dil,Jim bo‘l-u, so‘zingni muxtasar qil!Yor vaslini, Hofiz, istar ersang,Jon ber yo‘lida-yu, tarki sar qil!* * *Yor ishqi menga nihrli hayrat,Yor vasli menga kamoli hayrat.Vasli mayiga cho‘mish bas, oxir —Ko‘rsatgusi yuz jamoli hayrat.Bas, qolg‘usi na visol, na vosil,Har qaydaki bor xayoli hayrat.Tutmish yeru ko‘kni bir ovoza,Eshitdim esa: savoli hayrat.Tan berdi ulug‘ligiga butkul,Kim angladi ne jaloli hayrat!Hofizni vujudi boshdan-oxirIshq ichra emish niholi hayrat.* * *Dardim meni dildordan-u, darmon ham,Dil bo‘ldi o‘shal yorga fido-yu, jon ham.Husn ichra topilmas tengi yorni, ammo,Ul ishqu muhabbatda shahi davron ham.Qonimga emish tashna u — tutsin yodda:Sindirdi-yu ahdini, unut paymon ham.Men-ku yashirur erdim azal ishqimni,Afsona emish el ichida, doston ham.Bas, davlati vasli-ku muyassar bo‘ldi,Albatta o‘tar ayrilig‘u hijron ham.Yor husnining bir jilvasi ikki olam,Undan yana ne paydo bo‘lar, pinhon ham.Dunyo ishiga yo‘qdir ishonchim aslo,Yurmaydi ra’yingga charxi gardon ham.Oshiq cho‘chimas hech kishidan — may keltir,Hech qozini qahri-yu, hukmi sulton ham!Ul muhtasib yaxshi bilar: Hofiz — oshiq,Shu mulki Osaf, davlati Sulaymon ham!* * *
Перейти на страницу:

Поиск

Книга жанров

Похожие книги