Mudomim mast tutg‘aydir nasimi ja’di gisuying,Xarob etgay meni har dam firibi chashmi joduying.Necha sabru toqatdan so‘ng tuni, yo Rab, ko‘rolg‘aymenKo‘zim sham’ini yoqmog‘ini bir mehrobi abro‘ying.Savodi lavhi ko‘rmoqni aning-chun men aziz tutgum:Jonimg‘a nusxaye bo‘lg‘aymi naqshi xoli hinduying.Agarda jovidon dunyoni yashnatmoqni istarsan,Sabog‘a ayt, ko‘targaykim zamone burqa’i ro‘ying.Va gar rasmi fano istarsan olamdan burib yuzni,Ki silkib yer uza to‘ksin minglab jonni har mo‘ying.Manu bodi sabo miskin — iki sarsoni behosilMen afsun mast ko‘zingdin-u, u masti bo‘yi gisuying!Yashab himmat-la Hofizingni dunyoyu oxiratdan,Ko‘rinmas hech ko‘ziga juz ul xoki sari ko‘ying.* * *Dardimizga yo‘q darmon, alg‘iyos!Hajrimizga yo‘q poyon, alg‘iyos!Dinu dilni oldi-yu, jon olg‘usi,Alg‘iyos, ey jabri jonon, alg‘iyos!O‘ptirib bir — evaziga jon so‘rar,Bag‘ritosh ul sho‘xi xubon, alg‘iyos!Bevafolar qonimizni ichdi-ku,Ey musulmonlar, ne darmon, alg‘iyos!Misli Hofiz kecha-kunduz tinmayinYig‘ladigu yig‘ladik qon, alg‘iyos!
— Mirzo Kenjabek tarjimalari —
* * *Yor zulfining yo‘lida xato ketsa — ketibdir!Bizga qaro xolidan jafo ketsa — ketibdir!Ul yor xirmanida ishq barqi kuysa — kuymish,Shoh jabri biz gadoga ravo ketsa — ketibdir!Dil xotiri tariqat yo‘lida yo‘q — ketir may,Ko‘rgan kudurating ham safo ketsa — ketibdir!Sevgi sabot so‘raydir, ko‘ngilginam, sabr et,Malol kelsa — kelibdir, xato ketsa — ketibdir!Dildor g‘amzasidin dil xor o‘lsa — o‘libdir,Jononu jon aro mojaro ketsa — ketibdir!So‘z ahlidin malomat ayon kelibdir, ammo,Davradoshlar aro tek nizo ketsa — ketibdir!Hofiz aybini, voiz, ayt, nega xonaqohdaBog‘labsan erk oyog‘in, qo‘y-o, ketsa — ketibdir!* * *Saloh bizdin ne istarsenki, mastlarga salo debmiz,Ajib mast nargising davri salomingga duo debmiz.Menga mayxonaning ochg‘il eshikin — xonaqoh berkdir,Ishong‘il, gar ishonmassen, shudir so‘z, biz ado debmiz.Sening ko‘zingdan, ey soqiy, xarob bo‘ldim, xarob bo‘ldim,Vale do‘stdan balo kelsa, yana ming marhabo debmiz!Muruvvat etmasang bizga, pushaymonlig‘ bo‘lur oxir,Unutma hech bu ma’noniki, xizmatdin sango debmiz.Dedim: qadding erur shamshodu yondirdi xijolatlar,Nechun aytib bu nisbatni, bu bo‘htonni raso debmiz!Jigar nofam kabi qondir — qarodir, chin jazodir bu —Qaro zulfingga so‘z aytibmiz-u, chindan xato debmiz.O‘zing otashsan-u, Hofiz valekin yor yonmaydir,Demak, guldin shikoyatni saboga noravo debmiz.* * *