Dedim: Labing qachon-o bir komron aylayur?Dedi: Naki deyursan — ko‘zga, shu on aylayur!Dedim: Misr xirojin aylayur talab labing.Dediki: Bu talabda bir oz ziyon aylayur.Dedim: Kim ul — dahoning nuktasiga topdi yo‘l?Dediki: Bu qissani ul nuktadon aylayur!Dedim: Samad-la o‘ltir, sanamparast bo‘lma!Dediki: Ishq unga ham, bunga ravon aylayur!Dedim: Mayxona zavqi g‘amni olur dildin.Dedi: Yaxshidur ulkim, dil shodmon aylayur!Dedim: Sharobu xirqa mazhabga odat ermas.Dedi: Qabul mazhabi piri mug‘on aylayur!Dedim: La’li labingdin men keksaga ne suddir?Dediki: Bo‘sa boldur, ul navqiron aylayur!Dedim: Qachon xoja hajla tomon borgay?Dedi: Qachonki oy-u Zuhro qiron aylayur!Dedim: Duoyi joning etmak Hofizga shondir!Dedi: Yetti osmon duoyi jon aylayur!

— Ergash Ochilov tarjimalari —

* * *Bir dilbari jononimiz oldi-ku dilu jonimiz,Oldi-ku dilu jonimiz bir dilbari jononimiz.Bersa o‘pich jononimiz qayta tirilgay jonimiz,Qayta tirilgay jonimiz, bersa o‘pich jononimiz.Chin ravzai rizvonimiz yor eshigin tuprog‘idir,Yor eshigin tuprog‘idir chin ravzai rizvonimiz.Bizning dili hayronimiz oshuftayu shaydosidir,Oshuftayu shaydosidir bizning dili hayronimiz.Ul Yusufi Kan’onimiz husn iqlimining shohidir,Husn iqlimining shohidir ul Yusufi Kan’onimiz.Sarvi bog‘u bo‘stonimiz zebo, kelishgan qomati,Zebo, kelishgan qomati sarvi bog‘u bo‘stonimiz.Shu Hofizi xushxonimiz fazlu kamol timsolidir,Fazlu kamol timsolidir shu Hofizi xushxonimiz.* * *Qaytadi Kan’onga ul Yusufi sarson, g‘am yema!Bir kuni g‘am kulbasi bo‘lgay guliston, g‘am yema!Bo‘lma badbin —g‘amzada ko‘ngling ishi o‘nglangusi,Toabad savdoli bosh qolmas parishon, g‘am yema!Boshga tortarsan yana gul pardasin bo‘ston aroKelsa umring ko‘klami, bulbuli xushxon, g‘am yema!Bu falak biz istagandek bir nafas aylanmadi,Lek mudom bir xilda qolmas charxi gardon, g‘am yema!Noumid bo‘lma, ilohiy sirga aqling yetmasa,Ko‘p o‘yinlar, bilsang, ul pardada pinhon, g‘am yema!Gar fano seli hayotingning asosini yiqar,Nuh panohing bo‘lsa, kelsin, mayli, to‘fon, g‘am yema!Ka’ba shavqida bisbonlarni qat’ esang agar,Shox-tikan tilsa oyoqni, aylasa qon, g‘am yema!Bizga yor hajri, raqib ozori, bas, qismat emish,Holimizdan boxabar aslida Yazdon, g‘am yema!Kimki sargardon bo‘lib, olamda g‘amxo‘r topmadi,Oqibat bir mehribon topgay ul inson, g‘am yema!Garchi manzil ko‘p xatarlik, garchi maqsad noayon,Yo‘q biror yo‘lki, unga bo‘lmasa poyon, g‘am yema!Bu faqirlik go‘shasi, tun xilvatida, Hofizo,To ishing zikru duo, tahsili Qur’on, g‘am yema!* * *
Перейти на страницу:

Поиск

Книга жанров

Похожие книги