Jonon bu kechani men bilan o‘tkazdi,Bu baxtni menga Xudo o‘zi yetkazdi.O‘lim g‘ami yo‘q endi menga, chunki sanamJonbaxsh labidan obi hayot tutqazdi.
2
Ul sham’i Chigil dardini aytib bo‘lmas,Kuygan bu ko‘ngil dardini aytib bo‘lmas.Andin yuragimda g‘amki, yo‘q mahrami roz,Har kimsaga dil dardini aytib bo‘lmas!
3
Bir lahza labingni olmagil jom labidan,To topsa jahon komini dil jom labidan.Omuxta jahon jomida achchig‘u shirin,Bul yor labidan yetga-yu, ul jom labidan.
4
Dushmanning jafosidan mudom qoch, ey do‘st!Yaxpsh kishilarga quchog‘ing och, ey do‘st!Odam sanama, qo‘lingni yuv nokasdan,Mehring xunar ahli boshidan soch, ey do‘st!
5
Bir mohki, qadi sarvga mengzar, oyo,Ko‘zgu qo‘lida — o‘ziga bergay oro.Der menga kulib ro‘molcha peshkash etsam:«Vaslim tiladingmi? Xom xayoling, ammo!»
6
Men bandasi ul kimsanikim, shavqi baland!Gar bo‘ynida tavqi[1] ishq, abas, mavqe baland!Oshiqlshu ishq kayfini sen ne bilasan,Bul bodani ul kimsa ichar — zavqi baland!
7
Turk chehrali ul farishta jon qasdi edi,Ko‘zdan yashirin hur kabi bo‘y-basti edi,Tor bo‘lmasa muncha og‘zing — yuqdek-ku, desam,Kuymang-da qilib tama’i xom asti, dedi.
8
Ey baxt, faqirga qani bir yor bo‘lsang,Majruhi zamon — dilga madadkor bo‘lsang.Yoshlik-ku chiqib ketdi jilovdek qo‘ldan,Keksalik uzangi kabi poydor bo‘lsang…
9
Dam urdi vafodan kim — u dupgman bo‘ldi,Pok kimsa uchun fosiqlik fan bo‘ldi.Tunni dedilar homilador, hayronman:Er ko‘rmay u ikkiqat kimdan bo‘ldi?!
10
Yor zulfi panohida suman topdi rivoj,Yoqut labidan durri Adan topdi rivoj.Dillarga rivoj bersa labidek koshki,Dunyo-da uning ishqi bilan topdi rivoj!
11
Sho‘xlikdami, bizning o‘sha dilbar toqdir,Bechora dilim visoliga mushtoqdir.O‘ymoq kabi — og‘zi, yuzi — lola, tani — siym,Shirinso‘zu boz latifu siyminsoqdir[2].
12
Do‘st birla o‘tir hamda mayu jom ista,Shod etsin o‘pich berib gulandom, ista.Xohlaydi jarohatin botishin majruh.Jarrohga kelib, darding uchun kom ista.
13
Bo‘lsa edi bir sho‘x sanamu barbatu[3] nay,Xilvat va farog‘at, yana bir shishada may,Maydan qizibon tandagi bor tomiru pay,Bir arpa umid qilmas edik, Hotami Tay!
14
Kel, qo‘lda tutib qilguchi shod bodai nob,Kel, sifla[4] raqibdan yashirin hamda shitob.Dushman so‘ziga kirma sira, ketma, o‘tir,Kel, tingla bu nuktani-yu, no‘sh ayla sharob!
15
Bog‘ ichra bo‘lib bodi sabo doyai gul,Mashshota[5] misoli yasatib poyai gul,Gar soya aro topsa omonlik oftob,Bas, ista quyosh yuzlini-yu, soyai gul.
16

Перейти на страницу:

Поиск

Книга жанров

Похожие книги